English Uzbekcha Русский

men 24 yoshdaman 3 farzandim bor homilador bolsam semirib ketaman 5 yilda 27 kg ga semirib kettim maslahat berin qanday ozaman

Вопрос опубликован пользователем bonu, 14 февраля в 13.20

Обсуждение

Homiladorlikdan so‘ng ozish anchagina muammoli. Chunki, homiladorlik paytida vazn oshishi qorin terisining qalinlashidan tashqari, qoidaga ko‘ra, organizmdagi gormonal buzilishlar bilan ham shartlanadi. Ozish uchun turli tabletkalar va bioqo‘shimchalar qabul qilishdan oldin, o‘z davolovchi vrachingizga murojaat qilish o‘rinli bo‘ladi. Buning ustiga, agar Siz ko‘krakdan boqayotgan ona bo‘lsangiz, u holda qat’iy parhezlar, og‘ir jismoniy mashqlar va vaznning keskin yo‘qotilishi Sizga to‘g‘ri kelmaydi, chunki bu ko‘krak sutining sifatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Sizga ozishni oddiy fitoterapiya – ozish uchun damlama va qaynatmalardan boshlashni tavsiya etamiz.
Sizning ozishingizga yordam beradigan giyohlar to‘plamining xalq retsepti e’tiboringizga havola etamiz. U, hammadan oldin, organizmni tozalashga mo‘ljallangan hamda bu juda ma’qul (qavslar ichida qismlar miqdori ko‘rsatilgan):
- itshumurt (krushina) ildizi (3);
- kashnich (3);
- shirinmiya (qizilmiya) ildizi;
- pichan bargi (4);
- qalampir achchiqmiya o‘ti (2);
- uch rangli binafsha o‘ti (2);
- archagul bargi (2).
Giyohlarning bu to‘plamini kechqurun quyidagi proportsiyada termosda damlash kerak: Bir stakan qaynoq suvga bir choy qoshiq aralashma. Ertalab sizdiring va iching. Buni to‘rt hafta davomida qiling.
Ortiqcha vazndan tez xalos qilishga yordam qiladigan yana bitta xalq tabobati retsepti uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
- olma;
- selderey ildizi;
- bir stakan chuchuk qatiq;
- yerqalampir (xren) ildizi;
- tuz.
Qirg‘ichdan o‘tkazilgan olmani selderey ildizi bilan 3 ga 1 nisbatda aralashtirish lozim. Yerqalampir ildizini mayda qilib qirg‘ichlang hamda uni chuchuk qatiq bilan selredey va olma aralashmasiga qo‘shing. Ta’bga qarab tuzlash lozim. Buni bir hafta davomida har oqshom tanovul qiling va ozish sizni uzoq kuttirmaydi.
Мария, 05 апреля в 13.04
могу предложить диету на воде. +998939161057
Бахти, 26 мая в 21.49